Sevgilim

DILLMIR1

Composición de: DILLMIR1/Odilbek Temirov
Orzuyim yor bolsin baxtli kelajak
Qalblarda nish ursin gul ochsin kurtak
Majnunga esa laylisi
Farxodga esa shirini
Menga esa jonim faqat sen kerak, sen kerak.

Uzugim bor senga atalgan
Ko'z o'rniga naqd jonim qadalgan
Bilasan ahir dunyo juftliklarla yaralgan
Aytchi bormi seni mendak sevolgan

Qayrilma ko'z-qosh qayrilma
O'zga yorga qayrilinma
O'zga yor bevafo derlar
Yor o'zimdan kel ayrilma

Borlig'inga qoilman, man
Nima desang, moildirman
Qoshlaringni dastidan man
Yonayotgan bir shoirman

Zarim bolsa zar sochardim boshingdan
Men o'rgilay, sening ishva nozingdan
Nozlaringdan, nozingdan, uchayotkan qoshingdan
Meni kuydirma bu ishq girdobida, Diyora

Stop!
Ishqiy olamga
Sayohat

Muhabbatsiz kimsalar bordir
Undaylardan dunyo bezordir
Shunday ekan, ey Diyoram
Ishq olamiga kirdik-ku
Endi men bilan bo'l baxtli-taxt janonam

Tanga jon ham bir omonat
Qilma menga bir xiyonat
Kel o'zimga men erkalay
Muhabbat ekan bir omad

G'iybat davri kimga kerak
Baxtli odam o'ylaydi xaq
Yurak tilka bo'ladi chok
Sevsak ahir, sevamiz pok.
    Página 1 / 1

    Letras y título
    Acordes y artista

    restablecer los ajustes
    OK