Continues after the ad

Ayrilishdik tamom
Yigima yoshda
Shundan so'ng g'urbatdan
Bo'shaganim yo'q

Qirqmi ellikmi
Turmaydi boshda
Yigirmadan keyin
Yashaganim yo'q

Kun sayin tiyilsiz
Hislar yanada
Qanday his bo'lardi
Ruhsiz tanada

Hammasi to'xtagan
O'sha sanada
Yigirmadan keyin
Yashaganim yo'q

Continues after the ad

Rano ey Rano
Ra'no ey Ra'no
Rano ey Rano
Ra'no ey Ra'no

Asli adashmadim
Shu yo'lni tanlab
O'zimni qismatim
O'zimga dalda

Shunchaki yuribman
Onamni aldab
Yigirmadan keyin
Yashaganim yo'q

Qismating naqadar
Go'zal shahvatli
Azzamni o'ylamoq
Senga zahmatli

Odam ko'rganmisan
Tirik rahmatli
Yigirmadan keyin
Yashaganim yo'q

Song details

Composition:

Did you see an error?

Enviar revisão

Related songs