Xasta Bo‘lma

Yulduz Usmonova

    Continúa después del anuncio

    seni hamma-hammadan yaxshi ko‘rib, sevaman
    bilib-bilmay ba’zida qalbing ozor beraman
    xasta bo‘lib qolsang gar, aniq ado bo‘laman
    kasal bo‘lma iltimos, sensiz nima qilaman?

    bizga baxtlar yarashadi, armon emas
    o‘zga yorlar kulgulari darmon emas
    boshqa birov sendek bo‘lolmas!

    Continúa después del anuncio

    xasta bo‘lma jonim, ado bo‘laman
    mendan oldin o‘lma, ishon, o‘lib bo‘laman
    senga men zor bo‘laman
    sensiz men xor bo‘laman, azizim

    seni hatto o‘zgalar-u o‘zimdan ham qizg‘onib
    ko‘rsam deyman seni, har kun yuragim yonib
    gohida men o‘zim rost so‘zlardan ham tonib
    kasal bo‘lma iltimos, yig‘layman sensiz qolib

    xasta bo‘lma jonim, ado bo‘laman
    mendan oldin o‘lma, ishon, o‘lib bo‘laman
    senga men zor bo‘laman
    sensiz men xor bo‘laman, azizim

    Información de la canción

    Composición:

    ¿Los datos están equivocados?

    Enviar revisión