Cifra Club

Bilmaysan

Lola Yuldasheva

Aún no tenemos los acordes de esta canción.

Ketaver, sen baribir meni tushunmaysan
Men senga kerakmas, shuni tan ola olsang bas
Lek tan ololmaysan
Va’dalar, yuragimni zabt etgan lablar
Yolg‘onmidi ular?
Men esa ishonar edim ularga. Nega?

Chunki seni sevardim jonimdan ortiq
Ko‘zlarim ko‘r bo‘lib, shartlaringga ko‘nib
Sen ketding-u, keyin qanchalar qiynaldim
Sen buni bilmaysan, nega?

Yuz o‘girib mendan kimni tanlab ketding?
Sevgim qadrin bilmay, ko‘zim yoshlab ketding
Yolg‘iz suyanganim, senga ishongandim
Sen buni bilmaysan yana!

Balki sen ham meni sog‘ingandirsan?
Shunday deb o‘zimni har kun ovutaman
Sen buni bilmaysan, nega?

Chunki seni sevardim jonimdan ortiq
Ko‘zlarim ko‘r bo‘lib, shartlaringga ko‘nib
Sen ketding-u, keyin qanchalar qiynaldim
Sen buni bilmaysan, nega?

Yuz o‘girib mendan kimni tanlab ketding?
Sevgim qadrin bilmay, ko‘zim yoshlab ketding
Yolg‘iz suyanganim, senga ishongandim
Sen buni bilmaysan yana!

O‘tar kunlar, armonga yengilgan yillar
Nahot sevgim xazon, orzularim yakson
Voz kecholding oson?

Yog‘ganda yomg‘irlar, eslab meni qiynar
Men seni unutdim o‘ksinib tunlar
Ko‘zda yosh qolmadi, umidlarim so‘ndi
Sen buni bilmaysan, nega?

Yuz o‘girib mendan kimni tanlab ketding?
Sevgim qadrin bilmay, ko‘zim yoshlab ketding
Yolg‘iz suyanganim, senga ishongandim
Sen buni bilmaysan yana!

Otros videos de esta canción
    0 visualizaciones

    Afinación de los acordes

    Afinador en línea

    Ops (: Contenido disponible solo en portugués.
    OK